Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Energetika nazorati boʻyicha Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi joriy etildi


Energetika nazorati boʻyicha Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi joriy etildi

“Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–54-son, 13.02.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan Oʻzenergoinspeksiya xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarning yuklanishi taqiqlanadi.

Qarorga koʻra, Bosh prokurorning yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.

2023-yil 1-martdan:

- Oʻzenergoinspeksiya elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilgʻi-energiya resurslari isteʼmoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni monitoring qiladi;

- elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirish va tegishli maʼlumotlarni “E-maʻmuriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi.

2023-yil 1-iyuldan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar elektr va gaz taʼminoti korxonalarining dasturiy taʼminoti yoxud “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tuziladi.

2023-yil 1-iyungacha yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, inson omilisiz qayta hisob-kitob qilish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va Soliq qoʻmitasi bazasida parallel ravishda hisobga olishni nazarda tutuvchi dastur joriy etiladi.

Qarorga koʻra shuningdek, elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlarini oʻgʻrilik jinoyati sifatida belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Usmonov