Янгиликлар
Huquqiy maslahat
Huquqiy maslahat
Savol: Turmush o’rtog’im muddatli harbiy xizmatni o‘tayaptilar. Men ta’tilni o’zimga qulay vaqtda olishga ariza bersam, rad etishdi. Shu to’g’rimi?
Javob: Mehnat kodeksining 144 moddasi 3-qismining 2-xatboshisi va 231-moddasi 2-qismiga ko’ra 14 yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bolani (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik ta’tillar, ularning xohishiga ko‘ra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda beriladi.
E’tibor bering, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga ta’til agar ularning 14 yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bolani (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan bo’lsalar beriladi. Demak, Siz mana shu mezonlarga tushmaganligingiz uchun rad etgan bo’lishlari mumkin. Agar sizning 14 yoshga to‘lmagan (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan) farzandingiz bo’lsa, ana o’shanda Siz ta’tilni yoz vaqtida yoki qulay bo‘lgan boshqa vaqtda olishingiz mumkin.
Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi B.Jumaboyev