Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Mehnat shartnomasida dastlabki sinov


Mehnat shartnomasida dastlabki sinov

Mehnat kodeksining 84-moddasiga ko’ra, dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan bo‘lsa, sinovning aniq muddati (qachondan qachongacha) mehnat shartnomasida ko’rsatilishi kerak.

E’tibor bering! Dastlabki sinovni o‘tash haqidagi shart mehnat shartnomasida ko’rsatilishi kerak. Ya’ni agar mehnat shartnomasida dastlabki sinov ko’rsatilmagan bo’lsa, keyinchalik xodim bilan qo’shimcha kelishuv tuzib ham unga sinov belgilab bo’lmaydi. Shuningdek, xodim doimiy boshqa ishga o‘tkazilgan holatda ham.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi E.Ergashev