Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Pensiya miqdorini qayta hisoblash shartlari


Pensiya miqdorini qayta hisoblash shartlari

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunining 49-moddasiga muvofiq pensiyalarni qayta hisoblash pensioner pensiya miqdoriga taʻsir koʻrsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha boʻlgan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi hamda boshqa) hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, nogironlik guruhi oʻzgarganda, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oladigan oila aʻzolari soni oʻzgarganda, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari oʻzgarganda, daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.

Pensiyani oshirish huquqi paydo bo‘lganida tayinlangan pensiyani qayta hisoblash pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab bo‘ladigan holatlar vujudga kelgan taqdirda qayta hisoblash ana shu holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi FHDY bo’limi mudirasi S.Jo’rayeva