Янгиликлар
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari
Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo‘llanilishini, ulardan foydalanilishini) ta’minlashi shart. Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim. Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko‘rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat muddati va xizmat muddati mobaynida foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tovarning ta’mirlanishini va unga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil etishi, tovarni ishlab chiqarish muddati mobaynida hamda u ishlab chiqarishdan olib tashlanganidan keyin tovarning xizmat muddati mobaynida, bunday muddat bo‘lmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarishdan olib tashlangan paytdan e’tiboran o‘n yil mobaynida yetarli hajmda va turda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi hamda savdo va ta’mirlash tashkilotlariga yetkazib berishi shart.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi boshlig’i I.Xatamov