Янгиликлар
Mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari Savdo-sanoat palatasi aʼzoligiga tekin qabul qilinadi
Mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari Savdo-sanoat palatasi aʼzoligiga tekin qabul qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi PQ-15-son “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi.
Palata, jumladan, aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab Oliy sudga ariza berishi hamda iqtisodiy, maʼmuriy, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin.
2023-yil 1-fevraldan mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari Palata aʼzoligiga, aʼzolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi.
Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, daʼvolar hamda apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari boʻyicha davlat boji toʻlovlaridan ozod etiladi.
Qarorga koʻra, Palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida kamida 20 nafar ilgʻor tadbirkorlardan iborat Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi.
Piskent tuman adliya boshligʻi A.Ablazov