Янгиликлар
Tekshirishlarni roʻyxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi.
Tekshirishlarni roʻyxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 20-yanvar kuni imzolangan OʻRQ–815-son qonuniga asosan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Qonunga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil vazifalariga quyidagilar qoʻshildi:
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining hisobini elektron yuritish;
majburiy talablar elektron reestrini yuritish.
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari quyidagilarni qoʻshimcha ravishda amalga oshiradi:
malaka imtihonini oʻtkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va tugatish tartibini, auditorlar malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni tasdiqlaydi;
malaka imtihonini oʻtkazadi;
auditorning malaka sertifikatini beradi.
Piskent tuman adliya boʻlimi
Inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish
boʻlinmasi bosh maslahatchisi Sh.Noʻmonov