Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ish staji va ish haqi to‘g‘risida arxiv ma’lumotnomasi qanday olsa bo’ladi?


 

Ish staji va ish haqi to‘g‘risida arxiv ma’lumotnomasi qanday olsa bo’ladi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 avgustdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 495-son qaroriga asosan

-Kompyuter yoki telefon qurilmamiz orqali ham ma’lum bir tashkilotda ishlagan davrimizdagi ish haqi va ish stajiga oid ma’lumotnomani onlayn olsak bo‘ladi.

 

-Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

 

-Shunchaki, my.gov.uz ga kirib:

“Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish” xizmati tanlanadi;

-arizachi faoliyat ko‘rsatgan tashkilot ma’lumotlari qo‘shiladi va yuborish tugmasi bosiladi.

 

-Xizmat ko‘rsatish muddati:

-ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma – 5 ish kuni;

-ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma – 20 ish kunidan oshmaydi.

 

-Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanish mutlaqo bepul.

 

Piskent tumani DXM direktori:   F.M.Adilov