Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

"Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish" xizmatidan kimlar foydalanishi mumkin?


 

"Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish" xizmatidan kimlar foydalanishi mumkin?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 yanvardagi 33-son “Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish boʼyicha davlat xizmatlarini koʼrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarori ga asosan ushbu xizmatdan quyidagilar foydalanadi.

-veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi mutaxassislar;

-tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislari;

-ishlab chiqarishda veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislari;

-xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislari.

 

-Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (Malaka oshirish markazi).

 

-Xizmat uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (YIDXP orqali foydalanilganida 10 foiz miqdorida chegirma mavjud).

 

Piskent tumani DXM direktori:   F.M.Adilov