Янгиликлар
NOSTRIFIKATSIYA HAQIDA 10 TA MUHIM MA'LUMOT
NOSTRIFIKATSIYA HAQIDA 10 TA MUHIM MA'LUMOT
-Nostrifikasiya bu xorijiy davlatda berilgan ta'lim to'g'risidagi hujjatning ekvivalentligini qayd etish tartiboti.
-Qonunchilikka ko'ra xorijiy davlatda oliy ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarni tan olish Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
- Hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish to'g'risidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yаgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
- Bunda
- o'rta maxsus va kasb-hunar (professional) ta'limi bo'yicha — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
- oliy ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi bo'yicha — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yig'im undiriladi.
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan belgilangan yig'imning 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.
- YIDXP orqali murojaat qilinganda yig'im davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun belgilangan yig'imning 90 foizi miqdorida undiriladi.
- Hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.
- Ijobiy xulosa berilgan talabgor ta'lim olgan ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha test sinovi topshiradi.
-Test natijalari bo'yicha minimal ball (55 ball va undan yuqori) olgan talabgorning ta'lim to'g'risidagi hujjatlari tan olinadi (nostrifikasiya qilinadi).
- 2022 yil 1 yanvardan keyin olingan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlar tan olish uchun topshirilganda, hujjatni bergan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo'yilgan bo'lishi talab etiladi.
- Xorijiy davlatlarda umumiy o'rta, o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta'limi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlari to'g'ridan-to'g'ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi.
Piskent tumani DXM direktori: F.M.Adilov