Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?


 

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi "Аvtomobil transportida yoʼlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʼnalishlar boʼyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi 636-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

-Murojaatlar qabul qilinadi:

– Davlat xizmatlari markazi;

– YIDXP – my.gov.uz orqali.

-Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

-Xizmatdan foydalanuvchilar:

-Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

-Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 300 000 so'm (BHMning 1 baravari)

-Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

-Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

 

 

Piskent tumani DXM direktori:   F.M.Adilov