Янгиликлар
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgustdagi 5216-sonli qaroriga muvofiq.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgustdagi 5216-sonli qaroriga muvofiq.
1 Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga navbatga qoʻyilmagan holda joylashtiriladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan davrida har oʻquv yilida bir marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi;
vazirlik va idoralar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan bir yilda kamida bir marotaba barcha “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS – Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida (keyingi oʻrinlarda – oʻquv-tarbiya muassasalari) taqdimotlar oʻtkazadi. Bunda, mazkur taqdimotlar oʻtkazish metodikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi;
oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat taʼlim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va oʻzlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yoʻnalishlar boʻyicha kurslarida oʻqish harajatlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi; yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishni davlat oliy taʼlim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlovlari 50 foizga oshirilgan holda toʻlanadi.
Piskent tuman adliya bo`limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo`llash bo`limi bosh maslahatchisi Sh.No`monov
2-chisi
????Kafillik shartnoma boʻyicha boshqa shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga olish.
✅ Qarzdor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kredit oldida solidar javob beradi.
❕Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor koʻrgan boshqa zararlarni toʻlaydi.
⚠️ Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.
Taraflar o`rtasida tuzilgan kafillik shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinishi belgilangan.
Kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bekor bo`lgach, shuningdek ushbu majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda o`zgartirilgan taqdirda kafillik bekor bo`ladi.
Kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bo`yicha qarz boshqa shaxsga o`tkazilganida, agar kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo`lish haqida kreditorga rozilik bergan bo`lmasa, shuningdek kafil ta’minlagan majburiyatni bajarish muddati kelganida kreditor qarzdor yoki kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortsa, kafillik bekor bo`ladi.
Shartnomada ko`rsatilgan kafillik muddati o`tganidan keyin kafillik bekor bo`ladi. Agar bunday muddat belgilangan bo`lmasa, kreditor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab bir yil davomida kafilga da’vo qo`zg`atmagan taqdirda kafillik bekor bo`ladi. Agar asosiy majburiyatni bajarish muddati ko`rsatilmagan va belgilanishi mumkin bo`lmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan bo`lsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan da’vo qo`zg`atmagan taqdirda kafillik bekor bo`ladi.
Piskent tuman adliya bo`limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo`llash bo`limi bosh maslahatchisi Sh.No`monov
3-chisi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 07 oktyabrdagi 582-sonli qaroriga muvofiq
davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish tartibi belgilangan.
xodimlarning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning filiallarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va uning filiallarida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida amalga oshiriladi;
Malaka oshirish kurslarida oʻqitish vaqti 12 soatni tashkil etadi.
???? Oʻquv yuklamasining umumiy hajmi quyidagilarni tashkil etishga qaratilgan faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq taqsimlanadi:
???? murojaatlarni qabul qilish;
???? roʻyxatga olish va koʻrib chiqish;
???? murojaatlar bilan ishlash.
Piskent tuman adliya bo`limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo`llash bo`limi bosh maslahatchisi Sh.No`monov
4-chisi
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 22-bandiga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmaydi: https://lex.uz/docs/-357102
ish haqi saqlanmagan ta’til;
bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;
ish vaqtincha to‘xtatilgan;
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;
harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til davriga nafaqalar to`lanmasligi belgilangan.
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Piskent tuman adliya bo`limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo`llash bo`limi bosh maslahatchisi Sh.No`monov