Янгиликлар
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasi haqida xabardormisiz?
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasi haqida xabardormisiz?
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasi quyidagicha boʻlishi kerak:
• til boʻyicha oʻqituvchi — 18 soat;
• oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog — 24 soat;
• koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti — 25 soat;
• tarbiyachi, tarbiyachi-metodist — 36 soat;
• koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yordamchi tarbiyachisi — 36 soat;
• jismoniy tarbiya yoʻriqchisi — 30 soat;
• musiqa xodimi, xoreograf — 24 soat.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida pedagog xodimlarning haftalik ish yuklamasi ishning ushbu turi boʻyicha ish vaqti normal davom etishining 1,5 baravaridan ortiq boʻlmasligi lozim.
Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi E.Ergashev