Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

QAYSI HOLLARDA MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINAYOTGANDA KASABA UYUSHMASI ROZILIGI TALAB QILINADI?


QAYSI HOLLARDA MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINAYOTGANDA KASABA UYUSHMASI ROZILIGI TALAB QILINADI?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 101-moddasiga asosan:

1. Jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa.

2. Korxona tugatilishi munosabati bilan.

3. Xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda. (MK-100 modda 2-band)

4. Xodimning oʻz mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi va xodimning oʻz mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda. (MK-100 modda 3-4-band)

5. Oʻrindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan.

6. Xodimning pensiya yoshiga toʻlganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud boʻlganda.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich