Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

KONTRAKT SUMMASIDAN DAROMAD SOLIGʻI SUMMASINI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?


KONTRAKT SUMMASIDAN DAROMAD SOLIGʻI SUMMASINI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliqqa tortilmaydigan daromadlar toifasi belgilangan.

Ular qatorida Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish (oʻzining, yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari ham kiritilgan.

Soliq kodeksining 103-moddasiga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliq summasi soliq toʻlovchining arizasiga koʻra soliq toʻlovchiga toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin.

Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 24-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ( roʻyxat raqami № 2107-son) asosan kontrakt toʻlovi uchun toʻlangan summadan daromad soligʻi summasini qaytarib olish uchun fuqaro Davlat soliq inspeksiyasiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Ushbu arizaga:

• talaba (talabalar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

• Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari hisob raqamiga pul mablagʻlarini mustaqil toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

• pasport nusxasi (soliq imtiyozi taʼlim oluvchining oʻzi tomonidan qoʻllanilganda);

• pasport nusxasi (soliq imtiyozi ota-ona tomonidan qoʻllanilganda) va taʼlim oluvchining (taʼlim oluvchilarning) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich