Янгиликлар
TADBIRKORLIK BILAN NOQONUNIY SHUGʻULLANGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK.
TADBIRKORLIK BILAN NOQONUNIY SHUGʻULLANGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 176-moddasiga koʻra, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari dan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bu jarimalar miqdori huquqbuzarlikning holatiga va uni sodir qilgan shaxsning tarixiga qarab koʻpaytirilishi mumkin.
Shuningdek, yuqoridagi moddada, birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran OʻTTIZ KUN ICHIDA soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlagan va zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi
Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich