Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

XALQARO TAN OLINGAN SERTIFIKATGA EGA BOʻLGAN PEDAGOG KADRLAR — ULARNING TARIF STAVKASIGA NISBATAN 50 FOIZ MIQDORIDA USTAMA OLISH HUQUQIGA EGA


XALQARO TAN OLINGAN SERTIFIKATGA EGA BOʻLGAN PEDAGOG KADRLAR — ULARNING TARIF STAVKASIGA NISBATAN 50 FOIZ MIQDORIDA USTAMA OLISH HUQUQIGA EGA

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga binoan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga - ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 29-iyulda 34 q/k, 15-xx sonli qoʻshma qaroriga asosan oʻqituvchi bir nechta sertifikatga ega boʻlgan taqdirda, unga ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat boʻyicha toʻlanadi.

Mazkur qarorga koʻra agar sizda informatika fanidan Google for Education, ISTE CERITIFICATION, MCE, Leading Edge Certifications kabi oʻquv kurslari yakunlanganligi haqida sertifikat mavjud boʻlsa, Sizning tarif stavkangizga nisbatan 50 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.

Mazkur asoslarga binoan Siz yuqoridagi qoʻshma qarorda nazarda tutilgan informatika fani boʻyicha sertifikatni olsangiz, sizga ustama toʻlanadi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi

   Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich