Янгиликлар
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori (PQ-39, 31.01.2023y) qabul qilindi.
Unga koʻra:
- 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion soʻm yoʻnaltiriladi;
- kreditlar ustuvor ravishda dasturlar boʻyicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;
- dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 mln.soʻmgacha garovsiz kredit beriladi;
- hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 mln.soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 mln.soʻmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʻtkazib beriladi;
- dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi
Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich