Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

KORXONA QISQARTIRILAYOTGANDA KIMLAR ISHDAN BOʻSHATILMAYDI?


KORXONA QISQARTIRILAYOTGANDA KIMLAR ISHDAN BOʻSHATILMAYDI?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2023-yildagi PF-14-sonli farmoni qabul qilingandan soʻng bizga qisqartirish masalasida koʻplab savollar kelayotganini inobatga olib, ish beruvchining tashabbusi bilan kimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilib boʻlmasligini tushuntirib oʻtamiz.

Mehnat kodeksining 237-moddasiga asosan Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi. Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonunchilikda belgilangan tegishli ijtimoiy toʻlovlar bilan taʼminlagan holda amalga oshiradi.

Agar siz Yangi tugʻilgan bolalarni bevosita tugʻuruqxonadan farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan boʻlsangiz, sizga ham yuqoridagi tartib qoʻllanadi

Faqatgina korxona tugatilayotganda Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qiish mumkin. Unda ham ularni ish bilan taʼminlash sharti bilan.

Agar ish beruvchi bu tartibni buzsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Jinoyat kodeksining 148-moddasiga asosan Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan gʻayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan boʻshatish, —bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich