Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MUASSASALARIGA BOSHQA HUDUDLARDAN JALB ETILGAN PEDAGOGLARNING USTAMA HAQ (FOIZ)LARI SAQLANADI


UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MUASSASALARIGA BOSHQA HUDUDLARDAN JALB ETILGAN PEDAGOGLARNING USTAMA HAQ (FOIZ)LARI SAQLANADI

 

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomningning 24 -1 bandiga koʻra taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga boshqa hududlardan jalb etilgan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning amalda ishlagan umumtaʼlim muassasasining direktor jamgʻarmasidan belgilangan ustama haq (foiz)lari saqlanadi.

Mazkur ustamalar bir oʻquv yili davomida saqlanadi va keyingi oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining Ishchi guruhi tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich