Янгиликлар
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun online buyurtma berish
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun online buyurtma berish
Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizimi o‘rnatilgan.
Bu xozirgi kunda eng ko`p berilayot savollardan biri, chunki yana besh oydan so`ng eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yaroqsiz bo`lib qoladi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) eski namunadagi milliy xaydovchilik guvohnomalarini yangi turdagisiga almashtirish uchun online ariza yuborish imkoniyati mavjud.
Shuningdek yangi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to`lovni elektron tarzda amalga oshirsa bo`ladi . Yagona portal orqali ariza yuborgach davlat xizmatlari markazlarida bu muammolar xal bo`ladi
O`zingiz bilan quyidagi hujjatlarni taqdim qilasiz : Fuqarolik passporti, eski xaydovchilik guvohnomasi va talon,Yangi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to`lov to`langanligini tasdiqlovchi to`lov qo`g`ozi.
Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.
******
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi direktori v.v.b S.Ismoilov