Янгиликлар
“Mobile ID” tizimidan ro‘yhatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerakligi to`g`risida
“Mobile ID” tizimidan ro‘yhatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerakligi to`g`risida
Ma’lumki so‘nggi vaqtlarda davlat xizmatlari markazlari jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizimi o‘rnatilib, idoralararo axborot almashinuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilindi va takomillashtirildi.
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya. Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz. Operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi, tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi. Telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi
Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.
Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi D.Kodirova