Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik berish to`g`risida


JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik berish to`g`risida

 

Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizimi o‘rnatilib, idoralararo axborot almashinuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilindi va takomillashtirildi. O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi. Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha maʼlumotlarni so‘ramasdan, JShShIR asosida zarur maʼlumotlarni almashadilar.

Xususan, 2021-yil 1-iyuldan JShShIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilandi. O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimida taʼsischilar, direktor, ariza beruvchi yoki uning vakili to‘g‘risidagi maʼlumotlarda JShShIR ko‘rsatilishi kerak. JShShIR amalda majburiy bo‘lib identifikator sifatida tasdiqlanish vaqtida ta’sischilar – O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilmaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar imkoniyatlari hisobga olinmadi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan qarorida shunday tartib belgilandiki, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JShShIR olishlari mumkin . 2022-yil 1-iyundan O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan chet el fuqarosi o‘zining ishonchli vakili orqali Davlat xizmatlari markazlariga JShShIR olish uchun ariza berishi mumkin.

 

 

***********

Chinoz tuman adliya bo’limi

                                                                            davlat xizmatlari markazi                                           mutaxassisi D.Kodirova