Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Merosning ochilish payti


Merosning ochilish payti

Qonun bo‘yicha yoki vasiyat bo‘yicha voris meros ochilganidan keyin vafot etsa va uni olti oylik muddat ichida qabul qilishga ulgurmasa, uning ulushini qabul qilish huquqi uning qonun bo‘yicha yoki vasiyat bo‘yicha, agar u mavjud bo‘lsa, vorislariga o‘tadi. Vorislikning bunday tartibini qonun vorislikning o‘tishi deb ataydi (FKning 1140-1-moddasi). Vorislar vorislikning o‘tishi tartibida merosni vorisning o‘limidan keyin qolgan merosni qabul qilish uchun belgilangan muddat mobaynida qabul qilib olishlari kerak. Masalan, K. 2018 yilda shimolda uzoq muddat xizmat safarida bo‘ldi. Shu 5 dekabrda u uyiga qaytib keldi va 2018 yil 1 martda bobosi vafot etib, uning mol-mulkiga qonun bo‘yicha otasi voris bo‘lganligini bildi. Biroq, merosga egalikka kirishmagan K.ning otasi ham 2018 yil 12 iyulda vafot etdi va butun mol-mulkini o‘g‘liga vasiyat qilib qoldirdi. Otadan qolgan merosga voris bo‘lish muddati K. uchun 2018 yil 12 oktyabrda tugagan, biroq uzoq muddatli xizmat safarini sud uch oylik muddat o‘tkazib yuborilishida uzrli sabab deb topib, K.ning vorislikka kirishish muddatini uzaytirish mumkin bo‘ladi. Agar voris amalda merosni qabul qilgan, biroq o‘z huquqlarini notarial tarzda rasmiylashtirmasdan vafot etgan bo‘lsa, vorislikning o‘tishi yuz bermaydi, uning vorislari esa umumiy asosda voris bo‘ladilar, ya’ni molmulk sobiq meros qoldiruvchiga emas, balki uning o‘ziga tegishli deb hisoblanadi.

Agar fuqaroda voris merosdan voz kechgan taqdirda yoki nomunosib voris merosdan chetlatilgan taqdirda vorislik huquqi yuzaga kelsa, bunday fuqarolar ularda vorislik huquqi yuzaga kelgan kundan boshlab 6 oy mobaynida merosni qabul qilishlari mumkin.

Merosxo‘r o‘ziga tegishi lozim bo‘lgan merosni yoki uning bir qismini (ulushini) olish huquqiga, agar u keyinchalik merosdan voz kechmasa, vorislik huquqidan mahrum etilmasa va uni merosxo‘r etib tayinlash to‘g‘risidagi vasiyat farmoyishi haqiqiy emas deb topilishi natijasida meros olish huquqini yo‘qotmasa, meros ochilgan vaqtdan e’tiboran ega bo‘ladi. Merosni qabul qilib olish merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga meros ochilishi joyidagi notarius tomonidan beriladigan vorislik to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran 6 oy o‘tganidan keyin beriladi. Qonun bo‘yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo‘yicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.

Oybek Buriyev

Yuqori Chirchiq tuman

adliya bo`limi boshlig`i