Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Voris (merosxo‘rlar) doirasini belgilash


Voris (merosxo‘rlar) doirasini belgilash

Qonun bo‘yicha voris (merosxo‘rlar) doirasini belgilashda yuridik shaxsning merosxo‘r bo‘lishi masalasi FKda noaniq belgilanganligiga e’tibor qaratish lozim. FKning 1118-moddasi ikkinchi qismida “meros ochilgan paytda tuzilib bo‘lgan yuridik shaxslar” merosxo‘r bo‘lishlari mumkinligi belgilangan. Biroq meros ochilgan paytda tuzilib, keyinchalik ushbu yuridik shaxsning tuzilishi haqiqiy emas deb topilishi yoki uning tugatilishi holatlari esa FKda ochiq qoldirilgan. Fikrimizcha, bu holatda “meros ochilgan paytda” emas, balki “meros ochilguniga qadar” yuridik shaxs tuzilgan bo‘lishi lozim. Chunki, “meros ochilgan paytda tuzilib bo‘linish” noaniq hisoblanadi, zero FKning 1116-moddasiga ko‘ra meros shaxs vafotidan so‘ng darhol ochiladi.

Bu borada Qozog‘iston GKning 1044-moddasida aniq qoida o‘rnatilganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, Qozog‘iston GKning 1044-moddasi 2-qismida[1] belgilanishicha,          meros          ochilgunga qadar tuzilib          bo‘lgan va meros ochilgan vaqtda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat vasiyat bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.

 

Jahongir Zokirov

Yuqori Chirchiq tuman adliya

bo`limi yetakchi maslahatchisi




[1] Гражданский кодекс Республики Казахстан // https://kodeksy-kz.com/ka/grazhdanskij_kodeks_osobennaya chast

/1044.htm