Янгиликлар
Otalikni tan olish yoki otalik faktlari belgilanishi vorislik huquqi kengayishiga ta’sir qiladi
Otalikni tan olish yoki otalik faktlari belgilanishi vorislik huquqi kengayishiga ta’sir qiladi
Adabiyotlarda otalikni tan olish yoki otalik faktlari belgilanishi, u qaysi shaklda amalga oshirilganligidan qat’iy nazar, ota-ona hamda bola o‘rtasida huquq va majburiyatlar vujudga kelishiga asos bo‘lishi ta’kidlanadi[1]. Bu esa ayni paytda merosxo‘rlar doirasini belgilash muammolarni vujudga keltirishi mumkin. Shu sababli otalikni belgilash orqali merosxo‘rlar doirasini aniq ifodalash imkoni yuzaga keladi.
Asosan bunday hollarda sudga murojaat qiluvchilar o‘rtasida, ya’ni merosxo‘rlar doirasini aniqlashda yuzasidan da’vo yoki alohida ish yuritish tartibida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida munozara qilinadi, lekin qonunchiligimizda vafot etgan shaxs (farzand)ga nisbatan otalikning belgilanishi haqida hech qanday ko‘rsatma mavjud emas. Bunday hollarda vafot etgan shaxsdan qolgan merosga ega bo‘lish maqsadi ota-ona yoki boshqa manfaatdor shaxslarni sudga murojaat qilishiga olib keladi va natijada ish bo‘yicha manfaatdor shaxslar o‘rtasida turli xil nizolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday nizoli holatlarning oldini olish maqsadida, Oila kodeksining 62-moddasiga beshinchi qism sifatida “o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan bolaning vafotidan so‘ng unga nisbatan otalikni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan jumla kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Oybek Buriyev
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo`limi boshlig`i
[1] Эсанова З.Н. Оталикни белгилаш тўғрисидаги ишларни судда кўришнинг процессуал хусусиятлари. юрид. фан. номз. дисс...автореф. –Тошкент: 2005. -22 б.; Эсанова З.Н. Болалар тарбияси билан боғлиқ низоларни фуқаролик судида кўришнинг процессуал хусусиятлари. юрид. фан. док. дисс...автореф. –Тошкент: 2010. -42 б.