Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Intellektual mulk obyekti patentlangandan soʻng unga nisbatan mutlaq huquqlarni qoʻlga qiritgan shaxs qanday vakolatlarga ega boʻladi?


Intellektual mulk obyekti patentlangandan soʻng unga nisbatan mutlaq huquqlarni qoʻlga qiritgan shaxs qanday vakolatlarga ega boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1034-moddasida quyidagilar belgilangan:

Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk obyektidan oʻz xohishiga koʻra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli boʻladi.

Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga toʻliq yoki qisman oʻtkazishga, intellektual mulk obyektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va, agar bu ushbu Kodeks va boshqa qonunlarning qoidalariga zid boʻlmasa, ularni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.

Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan intellektual mulk obyektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yoʻli bilan cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishga va ularni tugatishga (bekor qilishga) ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, doiralarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.

Mutlaq huquqlarni cheklash bunday cheklash intellektual mulk obyektidan normal foydalanilishiga oʻrinsiz ziyon yetkazmagan va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.

 

 

Jahongir Zokirov

Yuqori Chirchiq tuman adliya

bo`limi yetakchi maslahatchisi