Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Savol: Bankning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan ichki hujjati (kredit siyosati)ga asoslanib Jinoyat kodeksining biror bir moddasi bilan ayblov ilgari surilishi mumkinmi?


Savol: Bankning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan ichki hujjati (kredit siyosati)ga asoslanib Jinoyat kodeksining biror bir moddasi bilan ayblov ilgari surilishi mumkinmi?

 

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktyabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining 1-bandi uchunchi xatboshisida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan meʼyoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarga biror-bir jazo qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qilmasligi belgilangan.

Demak, bankning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan ichki hujjati (kredit siyosati)ni jinoiy-huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi hujjat deb qaralmasligi kerak.

Savolda soʻralgan masala amaliyotimda koʻp uchrab turadi. Jinoyat ishi doirasida shu kabi muammoga men ham toʻqnashganligimni aytib oʻtishim mumkin.

Jumaladan, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudi (hozir nomi oʻzgargan)ning sudyalari S.Ashirmatov (r.e.), D.Kamilov va M.Xodjayeva (maʼruzachi) tomonidan kassatsiya instansiyasida koʻrilgan va himoyamiz ostida boʻlgan A. 09.01.2018-yil kuni oqlangan.

Sud, garchi davlat ayblovchisi oqlov hukmi chiqarishni soʻramagan boʻlsada, ayblovga asos boʻlgan bank ichki hujjati (kredit siyosati) yuqoridagi normativ-huquqiy hujjat talablaridan kelib chiqqanda, huquqiy oqibat keltirib chiqmasligini nazarda tutib, dastlabki tergov va birinchi instansiya sudining xulosalarini asossiz deb hisoblab, JKning 167-m 3-q “a” bandi, 205-m 2-q “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarning tarkiblari yoʻqligini inobatga olib, JPKning 83-moddasi 2-bandiga asoslanib, A.ni toʻliq reabilitatsiya etib, oqlagan edi.

 

Oybek Buriyev

Yuqori Chirchiq tuman

adliya bo`limi boshlig`i