Янгиликлар
Muqobil xizmat nima?
Muqobil xizmat nima?
Koʻpchilik muqobil xizmat deganda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni tushunadi. Bular mutlaqo boshqa-boshqa tushunchalardir.
Muqobil xizmat fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatni bajarishining chaqiruv boʻyicha harbiy xizmat oʻrniga iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida kam malaka talab etiladigan (yordamchi) ishlarni, shuningdek falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan alohida turidir.
18 sakkiz yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, harbiy roʻyxatda turuvchi va xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan fuqarolar, agar ular diniy taʼlimoti qurol-yarogʻdan foydalanish va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yoʻl qoʻymaydigan, roʻyxatga olingan diniy tashkilotlar hisobida tursalar, muqobil xizmat huquqiga ega.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son “Muqobil xizmatni tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining uni oʻtashi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Shahzod Abdurahmonov
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti