Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

OTA OʻGʻLINI ChET ELGA CHIQISHINI ALIMENT ORQALI TAQIQLASHI MUMKINMI?


OTA OʻGʻLINI ChET ELGA CHIQISHINI ALIMENT ORQALI TAQIQLASHI MUMKINMI?

Savol: erimni Ota onasi 2015-yil alimenga kiritgan, Ota onasi Bilan teskari bulib kolgani uchun. Erim xech kayerda ishlamagani uchun men uz arizamga binoan oyligimdan kaynona kaynotamga kattiy summada alimentni erimni urniga vaktida ish xakimdan utkazib kelaman. Xech kanday karzdorligimiz bulsada, kaynonam MIB dan erimni yuliga takib kuydirib kuydi. Kiynalsin, chetga chikaolmasin deb kasddan takib kuydirdi. Savolim щuki xech kanday alimentdan karzi bulmasa xam takib kilib ushlab turish tugrimi?

Sizdagi holatda alimentni faqat kelishuv yoʻli bilan bekor qilish mumkin. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunning 42-1-moddasining mazmuniga koʻra qarzdor majburiyatini belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.

         Eʼtibor bergan boʻlsangiz, qoidada “uzrsiz sabab” bilan qarzdor majburiyatni bajarmagandagina xorijga chiqishga taqiq qoʻyilishi aytilmoqda. Biroq qarzdorga aliment majburiyatini bajarish yuklatilganda, irjo hujjati chiqarilgandayoq qarzdorga taqiq qoʻyadi. Bir qarashda bu yuqoridagi qonunga ziddek koʻrinishi mumkin.

Lekin masalaga ikkinchi tomondan qaraydigan boʻlsak, bunday ish tutish toʻgʻriligini koʻrishimiz mumkin.

1. Aliment majburiyati davomli majburiyat toifasiga kiradi. Yaʼni aliment toʻlovchi har oyda belgilangan miqdorda aliment toʻlashi kerak.

         2. Aliment begona shaxsga emas, aliment toʻlovchining ota-onasiga toʻlanadi.

         3. Aliment toʻlovchi har oy oʻz majburiyatini bajarib kelayotgan boʻlsa, unga taqiq qoʻymaslik kerakligi normada belgilangandek koʻrinadi.

Biroq qarzdor Oʻzbekiston Respublikasidan chiqqanidan soʻng navbatdagi muddatda oʻz majburiyatini bajarish yoki bajarmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Shunday ekan, aliment majburiyatini bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxsning xorijga chiqishiga taqiq qoʻyilishini toʻgʻri. Yuqoridagi qonunning 40-moddasiga koʻra undiruvchi MIBga ariza beradigan boʻlsa, ijro hujjati unga qaytariladi. Shundan soʻng taqiq olib tashlanadi. Buning uchun esa, undiruvchi bilan kelishishi kerak boʻladi.

Shahzod Abdurahmonov

Yuqori Chirchiq tuman adliya  bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti