Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarga ishga joylashishda qanday kafolatlar bor?


Harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarga ishga joylashishda qanday kafolatlar bor?

MK 68-moddasiga koʻra, harbiy xizmatga chaqirilgan (oʻtgan) xodim rezervga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqanidan keyin, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoʻshinlaridan boʻshatilgan kunidan boshlab uzogʻi bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan boʻlsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga egadir. Yaʼni bu holatda tashkilotda boʻsh ish oʻrinlari boʻlsagina, ishga joylashish huquqiga egasiz.

Kafolatlarni berish mumkin boʻlmagan hollarda, mahalliy mehnat organi ishga joylashtirishni, zarur hollarda esa, kasbi boʻyicha bepul oʻqitishni taʼminlaydi.

Harbiy xizmatga chaqirilgan (oʻtgan), lekin keyinchalik rezervga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan (oʻtgan) kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega. Bu holatda esa, ish beruvchi Sizni ishga qabul qilishga majbur.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 41-bandiga koʻra, oʻrningizdagi xodim bilan esa tashkilotda boshqa ish oʻrinlari boʻlmasa 106-moddasining 2-bandi (shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda) boʻyicha mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Korxona qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni uning huquqiy vorisi, korxona tugatilganda esa — mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.

 

Shahzod Abdurahmonov

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti