Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

QITUVCHILARGA USTAMA TAYINLASHDA IQTISODCHINI ARALASHISHGA HAQQI BORMI?


QITUVCHILARGA USTAMA TAYINLASHDA IQTISODCHINI ARALASHISHGA HAQQI BORMI?

Ustama tayinlash jarayonida maktabdan boshqa hech kimning aralashishga haqqi yoʻq, ayniqsa XTBning. Fikrimizni quyidagicha asoslaymiz. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 9-bandiga koʻra pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy ragʻbatlantirish va moddiy yordam berish boʻyicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Demak, ragʻbatlantirish choralari ishchki guruhlar qarori asosida tayinlanadi.

Nizomning 10-bandida ishchi guruh tarkibiga kimlar kirishi aniq belgilangan. Bunda:

• Ishchi guruhi rahbari — umumtaʼlim muassasasi direktori;

• Ishchi guruh aʼzolari — oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, umumtaʼlim muassasasi pedagog xodimlari orasidan hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi kuzatuv kengashi va oʻquvchilarning ota-onalaridan vakillar.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yuqoridagi shaxslar ichida XTB vakillari mavjud emas. Shunday ekan XTB iqtisodchisi xodimlarga ragʻbatlantirish choralarini belgilashda aralashishi mumkin emas.

Agar iqtisodchi bu jarayonga aralashidigan boʻlsa, ushbu aralashishning darajasiga qarab maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik chorasi qoʻllanilishi mumkin. Bu masalada tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Shahzod Abdurahmonov

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti