Янгиликлар
Men harbiyman. Ayolim oʻqituvchi. Harbiy xizmatni oʻtash uchun boshqa joyga yuborilganimda turmush oʻrtogʻim ish beruvchini mehnat shartnomasinini bekor qilish haqida 2 hafta oldin ogohlantirishi shartmi?

Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza u oʻz ishini davom ettirishining imkoni yoʻqligi bilan bogʻliq boʻlsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak. Masalan, turmush oʻrtogʻining harbiy xizmatni oʻtash uchun boshqa joyga yuborilishi. Yaʼni Siz boshqa hududga rotatsiya boʻlsangiz ayolingiz 2 hafta ishlab berishga majbur emas. Agar muddatli shartnoma tuzilgan boʻlsa, xodim neustoyka toʻlashdan ham ozod qilinadi.
Shahzod Abdurahmonov
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti