Янгиликлар
Turmush oʻrtogʻim harbiy xizmatchi boʻlganligi uchun bir joyda muqum turmaymiz, koʻchib yuramiz. Ishga joylashishim uchun imkoniyat yoʻq. Shu holatda menga qandaydir imtiyoz bormi?
Turmush oʻrtogʻim harbiy xizmatchi boʻlganligi uchun bir joyda muqum turmaymiz, koʻchib yuramiz. Ishga joylashishim uchun imkoniyat yoʻq. Shu holatda menga qandaydir imtiyoz bormi?
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasiga koʻra, ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati boʻlmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Bu davr umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Yaʼni yuqoridagi 10 yillik davr qoʻshilishi uchun, Sizda kamida 7 yil ish stajingiz boʻlishi shart.
Shahzod Abdurahmonov
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti