Янгиликлар
Afgʻonistondagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchiman. Menga mehnat qonunchiligida qanday kafolatlar bor?
Afgʻonistondagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchiman. Menga mehnat qonunchiligida qanday kafolatlar bor?
Mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (bolnichnыy) ishlayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga, baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan yoki undan jabrlanganlarga ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlanishi lozim.
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga taʼtil ularning xohishiga koʻra yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda berilishi kerak (MK 144-moddasi ).
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili oʻn toʻrt kalendar kunga qadar ularning xohishiga koʻra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda taʼtil beriladi(MK 150-moddasi ).
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning
38-moddasi “a” bandiga muvofiq, harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovor harakatlar davrida partizan otryadlari va qoʻshilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovor harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar doirasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktyabrdagi 592-son qaroriga 1-ILOVA “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 1-ilova Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar roʻyxatida belgilangan.
Shahzod Abdurahmonov
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti