Янгиликлар
Turmush oʻrtogʻim harbiy xizmatni bajarish chogʻida yaralanganligi oqibatida halok boʻlgan. Men maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman. Menga qandaydir imtiyoz bormi?
Turmush oʻrtogʻim harbiy xizmatni bajarish chogʻida yaralanganligi oqibatida halok boʻlgan. Men maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman. Menga qandaydir imtiyoz bormi?
Soliq kodeksi 380-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari) qisman (daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining (2023-yil yanvar oyi holatiga koʻra 920 ming soʻm) 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha) soliq solishdan ozod etiladi.
Masalan, 3 mln oylik olsangiz 1 million 297 ming soʻm miqdordagi ish haqingizdan 12% daromad soligʻi ushlanmaydi. Qolgan ish haqingizdan esa soliq ushlanadi.
Bu imtiyoz faqat yangi nikohdan oʻtilmagan taqdirda beriladi.
Shahzod Abdurahmonov
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti