Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Erlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi


Erlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (50-son, 02.02.2023 y.) bilan Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, qishlok xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda tog‘-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish ob’ekti hisoblanadi.

Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma’lumotlar “Er degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.

Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:

▫️erning tuzilishi buzilmagan;

▫️antropogen ta’sirda buzilgan;

▫️degradatsiyaga uchramagan;

▫️kuchsiz degradatsiyalangan;

▫️o‘rta degradatsiyalangan;

▫️kuchli degradatsiyalangan;

▫️o‘ta kuchli degradatsiyalangan.

        Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.

        Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli mas’ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.

 

Bekobod tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                    Q.Jo‘rayev.