Янгиликлар
Samosud - uchun ma’muriy va jinoiy javobgarldik mavjud.
Samosud - uchun ma’muriy va jinoiy javobgarldik mavjud.
O‘zboshimchalik – “o‘zicha sudlash” (samosud) fuqarolarga BHMning uchdan bir qismidan 1 baravarigacha (300 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 1 baravaridan 3 baravarigacha (900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shu harakatlar ko‘p miqdorda zarar (BHMning 300-500 baravarigacha) yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, mazkur qilmish jinoyat hisoblanib, BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Bundan tashqari, ushbu qilmishni sodir etgan shaxs samosud oqibatida vujudga keladigan jinoyatlar (tan jarohati yetkazish, o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazish, qasddan odam o‘ldirish va h.k.)ning har biri uchun alohida javobgarlikka tortiladi.
Bekobod tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i Q.Jo‘rayev.