Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Homiladorlik va tugʻish taʼtillari qancha muddatga beriladi?


Homiladorlik va tugʻish taʼtillari qancha muddatga beriladi?

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning 30-haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor oʻrinbosari bilan birgalikda bir yoʻla 126 kalendar kuniga beriladi va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlanadi.

Tugʻish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda homiladorlik va tugʻish taʼtilini uzaytirish uchun tugʻruq muassasasi tomonidan yana 14 kalendar kuniga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Homiladorlik va tugʻish taʼtili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tugʻishga qadar amalda bunday taʼtilning necha kunidan foydalanilganidan qatʼi nazar ayolga toʻliq beriladi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

bosh maslahatchisi                                                                  S.Uskanov