Янгиликлар
Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan xodimlarga qanday imtiyozlar mavjud?
Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan xodimlarga qanday imtiyozlar mavjud?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 165-moddasida xodimlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar belgilangan. Unga ko‘ra: Xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, xuddi shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart. Ana shu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Chirchiq shahar adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev