Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Chang puli” kimlarga to’lab beriladi?


“Chang puli” kimlarga to’lab beriladi?

Xalq ta’limi muassasalarida kutubxona faoliyati bilan bevosita ishlovchilarga eski kitoblar fondi bilan ishlaganliklari uchun, xalq tili bilan aytganda, qoʻshimcha “chang puli” toʻlab berilishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 1-ilova “Xalq ta’limi muassasalarining qo‘shimcha haq to‘lanadigan xodimlarining lavozimlari ro‘yxati, qo‘shimcha haqning turlari va miqdorlari” ning 24-bandiga ko’ra, maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug‘ullanganliklari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi (33 ming 120 so'm) miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan miqdorda ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha haq to‘lanadi.

 

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                        Avlaqulov Sobir.