Янгиликлар
Xodim Mehnat kodeksining 180-moddasiga ko’ra ishdagi yutuqlari uchun 10 million so’mlik noutbuk bilan rag‘batlantirildi. Xodim bu holatda daromad solig’i to’laydimi?
Xodim Mehnat kodeksining 180-moddasiga ko’ra ishdagi yutuqlari uchun 10 million so’mlik noutbuk bilan rag‘batlantirildi. Xodim bu holatda daromad solig’i to’laydimi?
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 378-moddasi (Soliq solinmaydigan daromadlar) 10-bandiga ko’ra, ish beruvchidan soliq davri mobaynida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha bo‘lgan qiymatdagi xodimlar natura shaklida olgan sovg‘alarga soliq solinmaydi. Shunga ko‘ra, savolimizda noutbukning narxi 10 million. Shunda xodim mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,11 baravari ( 2.11*920ming= taxminan 1 million 941 ming ) dan ortiq qismiga ya’ni taxminan 8 million 59 ming so'mdan 12 % daromad solig’i (taxminan 967 ming so'm) to'laydi.
Chirchiq shahar adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev