Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Nikoh qayd etilgani yoki nikohda turmasligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani onlayn olish mumkin


Nikoh qayd etilgani yoki nikohda turmasligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani onlayn olish mumkin

    Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki ajralganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani onlayn olish mumkin, yani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali

   “Har oyda minglab yurtdoshlarimizdan ushbu ma'lumotnoma so‘raladi. Endi uni olish uchun FHDYo bo‘limlarida navbat kutishlar ortda qoldi. Ushbu xizmat Yagona portalda ham ko‘rsatiladi va sizni vaqtni behuda sarflashdan qutqaradi”, - deyiladi ma'lumotda.

    Qayd etilishicha, ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tib, ma'lumotnoma to‘ldiradi. So‘ng, belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi. So‘rovnoma FHDYo organiga yuboriladi.

   FHDYo organi QR-kod qo‘yilgan ma'lumotnomani rasmiylashtiradi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

   Agar so‘rovnomada so‘ralayotgan ma'lumotlar FHDYo organida mavjud bo‘lmasa, u tegishli ravishda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlariga yuboriladi va bu haqda arizachi xabardor qilinadi.

Xizmat 3 ish kunida ko‘rsatiladi. To‘lov miqdori - Yagona portal orqali murojaat qilinganida bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 foizi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida hamda rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 134-son qarori

 

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

Davlat xizmatlar markazi xodimi                        D.Irismetov