Янгиликлар
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun Prezidentimizning 2013 yil 14 fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan «Obod turmush yili» Davlat dasturini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Qonunchili
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun Prezidentimizning 2013 yil 14 fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan «Obod turmush yili» Davlat dasturini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 29 oktyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2014 yil 13 noyabrda ma'qullangan edi. Yangi qonun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklari, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlari himoya qilinishining qo'shimcha kafolatlarini ta'minlab berishga qaratilgan.
Yangi qonun qabul qilinguniga qadar fuqarolarning murojaatlari 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunning yangi tahriri asosida tartibga solinar edi. Lekin bu qonunda yuridik shaxslarning murojaati borasida qoidalar belgilanmagan edi. Shuningdek, elektron murojaatlar ham nazarda tutilmagandi. Yangi qonunni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad esa, fuqarolarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini yanada takomillashtirishdan, shuningdek, yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqni to'ldirishdan iboratdir.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun 5 bob, 31 moddadan iborat. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va texnologiyalaridan foydalanib, murojaatlarni kiritish imkoniyatining huquqiy jihatdan mustahkamlanishi ushbu qonunning muhim jihatidir. Unda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo'shimcha kafolatlari mavjud. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunning qabul qilinishi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu sohadagi ishini sifat jihatidan yuqori darajaga ko'tarish imkonini berdi.
Shu o'rinda alohida ta'kidlash kerakki, qonun moddama-modda, puxta muhokama etilganidan keyin Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi. Deputatlar qonun loyihasini tayyorlash jarayonida murojaatlar sohasidagi chet el qonunchiligi va huquqni qo'llash amaliyotini o'rganishgan. Jumladan, Yevropa mamlakatlarining, Germaniyaning, Osiyo mamlakatlarining, Koreya Respublikasining qonunchiligi va amaliyoti chuqur o'rganildi. Bu esa, qonunning demokratik talablarga mos ravishda ishlab chiqilganidan dalolat beradi. Qonunda belgilangan tartiblarga ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Chirchiq shaxar adliya bo‘limi
Davlat xizmatlar markazi boshlig‘i v.v.b. D.Raximova