Янгиликлар
Qonun ustuvorligi tamoyilining oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishidagi ahamiyati.
Qonun ustuvorligi tamoyilining oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishidagi ahamiyati.
Qonun ustuvorligini taʼminlash demokratik jamiyatni shakl-lantirishning asosiy vazifasi boʻlib hisoblanadi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, avvalo qonunlar fuqarolarning bevosita yoki bilvosita ishtiroki bilan ishlab chiqiladi, ularning xohish va iro-dasini oʻzida aks ettiradi. Ammo koʻpgina qabul qilingan qonunlar real hayotga joriy qilinmasdan qogʻozda qolib ketadi. Sababi, birin-chidan, qonunni qabul qilish davridagi jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan uni amalga oshirish imkoniyati oʻrtasidagi nomutanosiblik-ning mavjudligi. Ikkinchidan, qonunlarni yaratishdagi mahorat va salohiyatning (professionalizm) yetishmasligidir. Uchinchidan, fuqa-rolarning ham qonunlardan toʻla foydalanishga salohiyati yetarli darajada boʻlmasligi. Ammo, nima boʻlganda ham qabul qilingan qonunlarga amal qilish hayotiy zaruriyat hisoblanadi. Chunki, u nafa-qat, huquqlar tizimi bilan, shuningdek mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy hayoti bilan bogʻliqdir. Ularni oʻzida ifodalagan qonunlarning “ishonmasligi” yoki poymol qilinishi mavjud ekan, jamiyat hayotida ijobiy oʻzgarishlar sodir boʻlmaydi.
Mamlakat va fuqarolar manfaatlarining uygʻun holatda amalga oshuvining asosiy mexanizmi qonunlar oldida oddiy fuqarodan tortib eng yuqori lavozimni egallab turgan amaldorlarga barobarli-gi, ularning qonunlarga soʻzsiz itoat qilishi hisoblanadi. Bu tamoyilni shakllantirish Oʻzbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda.
Qonun ustuvorligiga xilof ish qilish va unga mensimay qarash, mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning oyoq osti qilinishi, ulardan gʻarazli maqsadlarda foydalanish qonunlarni obroʻsizlanti-radi, davlat va jamiyatning maʼnaviy asoslariga putur yetkazadi, xalqning noroziligiga, haqqoniy eʼtirozlariga sabab boʻladi. Ayniqsa, fuqarolarning davlat tuzilmalari bilan munosabatlari jarayonida qonunlarga rioya etilishi yoki rioya etilmasligi fuqaro – davlat munosabatlarining butun bir tizimdagi ijtimoiy adolat qoidalarining holatini belgilab beradi.
Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi quyidagi uch holatda oʻzining toʻliq ifodasini topadi.
Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar adolat prinsipiga, inson huquqi va manfaat-laridan kelib chiqib, ijtimoiy jihatdan asoslangan boʻlishi kerak.
Ikkinchidan, barcha qonunlar va boshqa normativ huquqiy huj-jatlar talabi barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qatʼiy bajarilishi shart.
Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos boʻlishi shart.
Demak, demokratik jamiyatning muhim tamoyili boʻlgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir.
Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi B.Xolmatova.