Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Qaysi toifadagi shaxslar xususiy pullik tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatni bepul olishlari mumkin?


Qaysi toifadagi shaxslar xususiy pullik tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatni bepul olishlari mumkin?

Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi:

oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalar;

I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;

ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;

etim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;

1941–1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

1941–1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslar.

Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun ularning shaxsini va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarining mavjudligi asos boʻladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga koʻrsatiladigan bepul tibbiy xizmatlarning turlari va hajmi tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyada koʻrsatilgan ixtisosliklar doirasida tashxis qoʻyish va davolash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi

Boʻlim boshligʻi Zuxriddin Malikov