Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ixtirolarga patent berish boʻyicha qaysi organ vakolatli hisoblanadi va buning uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?


Ixtirolarga patent berish boʻyicha qaysi organ vakolatli hisoblanadi va buning uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

 

Ixtirolarga patent berish boʻyicha Adliya vazirligi vakolatli organ hisoblanadi.

Kerakli boʻladigan xujjatlar:

-         ixtiro muallif(lar)i va nomiga patent berilishi soʻralayotgan shaxs, shuningdek ularning yashash yoki turar joyi koʻrsatilib, patent berilishi soʻralgan ariza;

-         ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli boʻlgan darajada toʻliq bayon etilgan tavsifi;

-         ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan ixtiro formulasi;

-         ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallar;

-         referat;

Talabnomaga belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj toʻlashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻluvchi hujjat ilova qilinadi.

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi

Boʻlim boshligʻi Zuxriddin Malikov