Янгиликлар
Hayvonlarni identifikatsiyalashda individual raqam va veterinariya pasportini berish
Hayvonlarni identifikatsiyalashda individual raqam va veterinariya pasportini berish
Veterinariya pasporti — hayvonga berilgan identifikatsiya raqamiga muvofiq rasmiylashtirilgan, hayvon egasini belgilovchi, hayvonlarning kasalliklarga qarshi profilaktikasi va ularni davolash ishlari toʻgʻrisidagi maʻlumotlar qayd etib boriladigan, hayvonning yashash davri davomida saqlanadigan hujjat.
Veterinariya pasportini berish boʻyicha vakolatli organ tuman (shahar) veterinariya boʻlimlari hisoblanadi.
To;lov miqdori Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Hisobga qoʻyish muddati – 3 kun ichida, shuningdek pasportni rasmiylashtirish muddati – 3 kun ichida.
Xizmat yakunida Individual raqam va veterinariya pasporti taqdim etiladi.
Angren shahar Davlat xizmatlari markazi
Boʻlim boshligʻi Zuxriddin Malikov