Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar imtiyozli shartlarda tibbiy yordam olishi mumkinmi?


“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar imtiyozli shartlarda tibbiy yordam olishi mumkinmi?

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan farzandlariga tibbiy yordam koʻrsatish zarurati sektor ishchi guruhi tomonidan aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.

Oʻrganish natijasiga koʻra tibbiy yordam koʻrsatish zarurati tibbiyot xodimi tomonidan aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yoʻnaltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kirmaydigan, ammo birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasi tomonidan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʻi nazar) farzandlarining davolanishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qoplab beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʻi nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qoʻyilishi taʻminlanadi.

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi

Boʻlim boshligʻi Zuxriddin Malikov