Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Servitut huquqi nima?


Servitut huquqi nima?

Koʻpchiligimiz servitut huquqi degan atama haqida koʻp eshitganmiz, lekin uning nima ekanligi haqida hamma ham yaxshi tushunchaga ega emas. Hatto ushbu huquq bilan bogʻliq muammo yuzaga kelganda oʻz huquqini talab qilmaslik holatlari koʻplab uchraydi.

Qonunchilikda servitut huquqi degan tushuncha mavjud. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qoʻshni boʻlgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

-         oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;

-         oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;

-         oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;

-         oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olish;

mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;

-         oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;

-         oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

Yerga servitut belgilanishi yer egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi. Servitut uni talab qilgan shaxs va yer egasi oʻrtasidagi bitimga asosan belgilanadi. Agar ikki taraf kelisha olmasa, ushbu masala fuqarolik sudida koʻrib chiqiladi.

Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv davlat roʻyxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv uni belgilashga sabab boʻlgan asoslar barham topsa, bekor qilinishi mumkin.

Servitut yuzaga kelganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatda yer uchastkasi koʻrsatiladi, chegaralar belgilanadi, shuningdek, agar ular belgilangan boʻlsa, amal qilish muddati va toʻlov miqdori koʻrsatiladi.

Servitut huquqi – Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki onlayn tartibda YIDXP orqali davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi

Boʻlim boshligʻi Zuxriddin Malikov